Daryo

Farg‘onada Yangi yil kuni mushakbozlik qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Taxminan 10-15 nafar shaxs qo‘lbola pirotexnika vositalarini otgan. Holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzarlarning shaxsi aniqlangan.

1 daqiqa o‘qish18 113 ko‘rishlar0 izoh6

Farg‘ona viloyatida Yangi yil kuni mushakbozlik qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 31-dekabr kuni soat 23:55 da Qo‘qon shahar A.Charxiy ko‘chasida Yangi yil bayramini nishonlash bahonasida yo‘lning qatnov qismiga chiqqan fuqarolar tomonidan noqonuniy mushakbozlik uyushtirilgan.

Taxminan 10–15 nafar shaxs O‘zbekiston tumanining Ohunqaynar qishlog‘ida qo‘lbola pirotexnika vositalarini otgan. Holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, huquqbuzarlarning shaxsi aniqlangan.

Aniqlangan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, tuman sudiga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, har bir huquqbuzarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima tayinlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar