Tashqi ishlar vazirligi G‘azo sektoridagi vaziyatni chuqur tashvish bilan kuzatib borayotgani va uni insonparvarlik fojiasi sifatida baholashi aytildi.
O‘zbekiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga to‘liq amal qilinishini, gumanitar yordamning to‘sqinliksiz yetkazilishini hamda mojaroni “ikki xalq – ikki davlat” tamoyili asosida siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston jafokash Falastin xalqiga insonparvarlik yordamini izchil davom ettirmoqda. Xususan, 100 nafar falastinlik bemor O‘zbekistonga davolanish uchun olib kelindi. Ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida prezident tomonidan maxsus farmon qabul qilingan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mintaqada barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Bundan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatga O‘zbekiston munosabati e’lon qilingandi.








