Daryo

O‘zbekiston aviakompaniyalarida yil davomida amalga oshirilgan eng ko‘p parvozlar ma’lum qilindi

Yo‘lovchilar ham ichki, ham xalqaro reyslardan faol foydalandi. Xalqaro yo‘nalishlar orasida Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi yetakchi bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish5 230 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston aeroportlaridagi yo‘lovchilar 2025-yilda ham ichki, ham xalqaro reyslardan faol foydalandi. Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi oshdi, boshqalarida esa reyslar va aviakompaniyalarning qayta taqsimlanishi tufayli o‘zgarishlar bo‘ldi.

Ichki yo‘nalishlar

Eng mashhur ichki yo‘nalish Toshkent—Urganch—Toshkent bo‘ldi. 2025-yilda ushbu yo‘nalishda 375 000 yo‘lovchi parvoz qilgan. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 18 goizga yetdi. Yo‘lovchilarning aksariyati Uzbekistan Airways, shuningdek, Centrum Air va Fly Khiva Group xususiy aviakompaniyalari tomonidan tashilgan.

Yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha ikkinchi eng katta yo‘nalish Toshkent—Nukus—Toshkent bo‘ldi. 2025-yilda ushbu yo‘nalishda 227 000 yo‘lovchi tashilgan. Ba’zi aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishdagi reyslarni kamaytirgani yoki to‘xtatgani sababli, ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchilar oqimi 10 foizga kamaydi.

Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida yil davomida barqarorlik kuzatildi. 2025-yilda undan 187 000 yo‘lovchi foydalangan. Silk Avia aviakompaniyasi o‘sishga hissa qo‘shgan.

Xalqaro yo‘nalishlar

Bu borada Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishi yetakchi bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda ushbu yo‘nalishda 1 173 652 yo‘lovchi tashilgan. Toshkent—Istanbul—Toshkent yo‘nalishi 983 858 yo‘lovchi bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 2024-yilga nisbatan 3 foizga o‘sishni ko‘rsatdi.

Samarqand—Moskva—Samarqand yo‘nalishi yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha uchinchi o‘rinda. Ushbu yo‘nalishda 586 149 yo‘lovchi tashilgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘proq.

Eng katta oqimli 10 ta yo‘nalishlar orasiga Toshkent—Jidda, Toshkent—Dubay, Toshkent—Olmaota, Toshkent—Seul, Samarqand—Istanbul va Toshkent—Sankt-Peterburg ham kiritilgan.

Toshkent-Sharm ash Shayx-Toshkent yo‘nalishi 2025-yilda eng sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Yo‘lovchilar tashish hajmi 48 foiz ga oshib, 210 000 dan o‘tdi.

“Umuman olganda, 2025-yilda yo‘lovchilarning aviaqatnovlarga qiziqishining barqarorligi, sayyohlik yo‘nalishlarining o‘sishi va aviakompaniyalar o‘rtasida raqobatning kuchayishi kuzatildi”, deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar