Daryo

O‘zbekistondagi metan “zapravka”lar 24 soatlik ish rejimiga o‘tkaziladi

Yangi ish tartibi transport vositalari egalari uchun qulaylik yaratib, sutkaning istalgan vaqtida navbatsiz yoqilg‘i quyish imkonini beradi.

1 daqiqa o‘qish20 447 ko‘rishlar0 izoh77

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30-dekabrdan boshlab respublika bo‘yicha barcha metan “zapravka”lari sutka davomida uzluksiz ishlaydi.

Qayd etilishicha, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari soat 09:00 dan boshlab faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Yangi ish tartibi transport vositalari egalari uchun qulaylik yaratib, sutkaning istalgan vaqtida navbatsiz yoqilg‘i quyish imkonini beradi.

Avvalroq aholining xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish vaqti vaqtincha cheklangani ma’lum qilingan edi.

Mazkur qaror transport tizimi barqarorligini ta’minlash hamda haydovchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar