Daryo

“AQSH Venesuelaga mustamlakachilik modelini singdira olmaydi” — Maduro

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Leopoldo Lopes, Xuan Guaido, Mariya Korina Machado singari muxolifatchilarga tayangan holda Venesuelaga bosim o‘tkazishga urinib, bir necha bor mag‘lubiyatga uchragan.

1 daqiqa o‘qish3 105 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Venesuelaning tabiiy boyliklarini o‘g‘irlash maqsadida unga mustamlakachilik modelini majburlashga muvaffaq bo‘lolmaydi. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro vitse-prezidentlar bilan uchrashuvda ma`lum qilgan.

Uchrashuvi Maduroning Telegram kanali orqali jonli namoyish etilgan.

“Qo‘shma Shtatlardagi nufuzli doiralar virtual voqelikni yaratib, Venesuelaning tabiiy boyliklarini o‘g‘irlash uchun unga mustamlakachilik hukmronlik modelini o‘rnatishi mutlaqo mumkin emas. Bu shunchaki imkonsiz, chunki bu yerda mamlakatimizni to‘g‘ri yo‘ldan olib borish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligini namoyon qilgan xalq bor”, dedi Maduro vitse-prezidentlar bilan uchrashuvda.

​Uning ta’kidlashicha, AQSH Leopold Lopes, Xuan Guaido, Mariya Korina Machado kabi muxolifatchilarga umid bog‘lab mag‘lubiyatga uchragan.

“Ular bu vatanni hech qachon qo‘lga kirita olmaydilar, Venesuela esa o‘z xalqi bilan birga o‘z yo‘lini davom ettirib, kelgusi yillarda katta yutuqlarga erishadi. Bizning xabarimiz - tinchlik, mehr-muhabbat va o‘zaro tushunish xabaridir”, deya qo‘shimcha qilgan prezident.

​AQSH Karib mintaqasidagi harbiy mavjudligini giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bilan oqlayapti. Sentyabr va oktyabr oylarida ular Venesuela qirg‘oqlari yaqinida giyohvand moddalar tashiyotgan deb taxmin qilingan qayiqlarni yo‘q qilish uchun bir necha bor o‘z qurolli kuchlaridan foydalanishdi.

NBC telekanali sentyabr oyi oxirida AQSH qurolli kuchlari Bolivar respublikasi ichidagi giyohvand moddalar savdogarlariga zarba berish variantlari ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi. AQSH prezidenti Donald Tramp 3-noyabr kuni Nikolas Maduroning Venesuela rahbari sifatidagi kunlari sanoqli ekanligini aytib, ayni paytda AQSH respublika bilan urushni rejalashtirmayotganini ta’kidladi.

Karakasda bu harakatlar mintaqani beqarorlashtirish maqsadidagi provokatsiya hamda Karib havzasining qurolsizlantirilgan va yadrosiz maqomi to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarni buzish sifatida baholandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar