Daryo

AQSH Venesueladagi harbiy obyektlarni nishonga olmoqchi — WSJ

Bu obyektlar narkotik moddalarni kontrabanda qilish uchun foydalanilganlikda gumonlanmoqda. Nishonlar orasida portlar va aeroportlar ham bor.

1 daqiqa o‘qish1 096 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti ma’muriyati Venesueladagi giyohvand moddalarni kontrabanda qilish uchun foydalaniladigan harbiy obyektlarga zarba bermoqchi. Bu haqda vaziyatdan xabardor AQSH rasmiylariga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.

“Agar prezident Tramp havo hujumlarini boshlashga qaror qilsa, bu orqali Venesuela rahbari Nikolas Maduroga lavozimini tark etish vaqti kelgani haqida signal yuborgan bo‘ladi”, deydi manbalar.

Prezident quruqlikdagi hujumlar haqida yakuniy qaror qabul qilmagan. AQSH bir necha bor Karib dengizida Venesula qayiqlariga zarba berib, ularni cho‘ktirdi. U hujumlarni qayiqlarda giyohvand moddalar tashilgani bilan izohladi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro esa buni qoraladi.

“Tramp ma’muriyati Venesueladagi nishonlarni, shu jumladan giyohvand moddalar kontrabandasi uchun foydalaniladigan harbiy obyektlarni belgilagan. Potensial nishonlar orasida harbiylar nazoratidagi portlar va aeroportlar ko‘rib chiqilmoqda. Ular giyohvand moddalar kontrabandasi uchun ishlatilayotgani taxmin qilinmoqda, jumladan harbiy-dengiz obyektlari va uchish-qo‘nish yo‘laklari ham shular qatorida”, deyiladi xabarda.

Amerikaning rasmiy shaxslari hech qanday dalil keltirmasdan, Venesuelani “terroristik faoliyatning markaziy habi” deb atagan. Tramp bir necha bor Venesuela hukumatini “narkotik kontrabandachilarga yordam berayotganlikda” ayblagan edi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH harbiylari allaqachon kontrabandachilar deb gumon qilingan o‘nta kemaga zarba bergan.

Zarbalarning aksariyati Janubiy Amerika qirg‘oqlari yaqinidagi Karib dengizida amalga oshirilgan, biroq 21—22-oktyabr kunlari hujumlar Tinch okeanidagi nishonlarga ham yo‘naltirilgan. Mintaqadagi bir qator davlatlar AQSHning bu harakatlarini qoraladi, ekspertlar esa bunday amaliyotlar xalqaro huquqqa zid bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar