O‘zbekistonda restoranlar 11 oyda qancha savdo qilgani haqida ma’lumot berildi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 26 278 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Joriy yilning yanvar–noyabr oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 215,5 trillion so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga oshgan.
SHuningdek, soliqdan qochish xavfi eng yuqori soha 7,7 trillion soʻm bilan savdo va umumiy ovqatlanish boʻlgan. Bu umumiy aniqlangan miqdorning 64 foizi degani. Oʻtkazilgan tekshiruvlarda 1 ming 594 ta korxona 21,2 trillion soʻmdan ortiq soliq bazasini yashirgani aniqlangan. Bunda 584 ta subyektda 8,8 trillion soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan, 508 ta subyektda 6,2 trillion soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan, shuningdek, 502 ta subyektda 6,2 trillion soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) sotilgan.








