Daryo

“Real”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Forbes’ning eng qimmat jamoalar reytingidan joy oldi

Ro‘yxatga kiritilgan jamoalarning barchasi o‘tgan mavsumga qaraganda pastroq o‘rinni egalladi.

1 daqiqa o‘qish9 912 ko‘rishlar0 izoh6

Dunyoga mashhur Forbes jurnali eng qimmat sport jamoalari reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan futbol klublari orasida “Real Madrid”, “Barselona”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari ham o‘rin oldi.

“Qirollik klubi” reytingda 6,75 milliard dollar bilan 20-o‘rinni egallagan. “Manchester Yunayted” 6,6 milliard dollar bilan 24-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, “Barselona” 5,65 milliard dollar bilan 42-o‘rinni band etdi. “Liverpul” esa 5,4 milliard dollar baho bilan 48-pog‘onaga joylashdi. Ta’kidlash joiz, o‘tgan yilga nisbatan madridliklar 8 pog‘onaga, mankunianliklar 10 pog‘onaga, kataloniyaliklar 20 pog‘onaga, mersisaydliklar esa 21 pog‘onaga pastlagan.

Forbes reytingni tuzishda klublarning umumiy biznes qiymatini hisobga olgan. Bunda stadiondan olinadigan daromadlar va klubga tegishli teletranslyatsiya huquqlaridan tushadigan mablag‘lar inobatga olingan. Ammo klubga aloqador boshqa sport loyihalari va aktivlaridagi ulushlar hisob-kitobga kiritilmagan.

Forbes talqiniga ko‘ra, 2025-yilning eng qimmat sport jamoalari:

  1. “Dallas Kovboys” (NFL) — 13 mlrd dollar
  2. “Golden Steyt Uorriors” (NBA) — 11 mlrd dollar
  3. “Los-Anjeles Rems” (NFL) — 10,5 mlrd dollar
  4. “Nyu-York Jayants” (NFL) — 10,1 mlrd dollar
  5. “Los-Anjeles Leykers” (NBA) — 10 mlrd dollar
  6. “Nyu-York Niks” (NBA) — 9,75 mlrd dollar
  7. “Nyu-Inglend Petroits” (NFL) — 9 mlrd dollar
  8. “San-Fransisko Forti Nayners” (NFL) — 8,6 mlrd dollar
  9. “Filadelfiya Iglz” (NFL) — 8,3 mlrd dollar
  10. “Chikago Birs” (NFL) — 8,2 mlrd dollar

20. “Real” (futbol) — 6,75 mlrd dollar
24. “Manchester Yunayted” (futbol) — 6,6 mlrd dollar
42. “Barselona” (futbol) — 5,65 mlrd dollar
48. “Liverpul” (futbol) — 5,4 mlrd dollar

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar