Daryo

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

1 daqiqa o‘qish8 821 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda joriy yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, oʻzaro investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish va kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat sohalarida qoʻshma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hamdoʻstlik mamlakatlari oʻrtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar