Daryo

“Manchester Siti” Gvardiol bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Xorvatiyalik futbolchiga “Barselona” qiziqish bildirmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 268 ko‘rishlar0 izoh1

Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

23 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum asosan markaziy himoyachi sifatida Ruben Diash bilan birga harakat qilmoqda. Manbaga ko‘ra, klub Gvardiolni jamoaning muhim futbolchisi deb hisoblamoqda. Yoshko joriy mavsum “shaharliklar” safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi, bu esa uning jamoa uchun qanchalik muhim futbolchi ekanini ko‘rsatadi.

Gvardiolning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, “Manchester Siti” uni yozga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda. Yangi bitimda futbolchi maoshi sezilarli darajada oshiriladi.

Shu bilan birga, “Barselona” himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda va kataloniyaliklar uchun asosiy nomzodlardan biri aynan Gvardiol hisoblanadi. Shu bois ingliz klubi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum xorvatiyalik futbolchi “Manchester Siti” safida jami 20 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozidirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 70 million yevro etib belgilagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar