Daryo

Joze Mourinyo murabbiy sifatida 750-g‘alabasiga erishdi

“Benfika” Portugaliya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida “Farense” klubini mag‘lub etdi.

1 daqiqa o‘qish5 130 ko‘rishlar0 izoh1

“Benfika” Portugaliya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida “Farense” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yindagi muvaffaqiyat jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchun faoliyatidagi 750-g‘alaba sifatida qayd etildi.

“750 g‘alaba – ulardan qaysi biri eng muhim, deysizmi? Faoliyatimdagi birinchi g‘alabam — “Belenensyesh”ni mag‘lub etganimiz, “Portu”ning Chempionlar Ligasida “Monako” ustidan g‘alabasi, “Inter”ning Chempionlar Ligasidagi ikkinchi finalda “Bavariya” ustidan g‘alabasi yoki bugungi “Farense”ga qarshi bahsdagi g‘alabamizmi? Yo‘q! Keyingisi, 751-g‘alaba. Keling, navbatdagi g‘alaba uchun ishlaylik!” — deydi Mourinyo uchrashuvdan keyingi intervyusida.

62 yoshli Mourinyo futbol tarixidagi eng muvaffaqiyatli va kuchli murabbiylardan biri hisoblanadi. U “Portu” (2004) va “Inter” (2010) bilan UEFA Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. 2010 yilda “Inter” boshqaruvida trebl qayd etgan, ya’ni bir mavsumda milliy chempionat, milliy kubok va Chempionlar ligasi sovrinlarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, to‘rt marta yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Murabbiy sifatida u Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida ko‘plab jamoalarni boshqargan va 26 ta sovrinlarga ega. U “Benfika”, “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma” va “Fenerbahche” klublarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, futbol tarixida eng ko‘p g‘alabaga erishgan murabbiy Ser Aleks Fergyuson hisoblanadi. U qo‘l ostidagi jamoalar bilan 2155 uchrashuv o‘tkazgan va 1253 g‘alaba qayd etgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar