Daryo

Joze Mourinyo “Real”ning hozirgi tarkibidan norozi — Sport.es

Portugaliyalik mutaxassis “qirollik klubi” rahbariyatiga jamoaga yana qanday futbolchilar kerakligini aytgan.

1 daqiqa o‘qish5 559 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning hozirgi tarkibidan to‘liq qoniqish hosil qilmayapti. Klub portugaliyalik mutaxassis so‘ragan yana ikkita transferni amalga oshirmagan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, mutaxassisning asosiy talablaridan biri — chapaqay markaziy himoyachi xarid qilish. Ta’kidlanishicha, Mourinyoga “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni nomzodi ma’qul kelmoqda. Milanliklar ushbu futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Shuningdek, Mourinyo jamoa tarkibini universal yarimhimoyachi bilan kuchaytirmoqchi. “Real” Bastoni uchun sarflanadigan mablag‘ga teng summani “Manchester Siti” tayanch yarim himoyachisi Rodri transferi uchun ham ajratib qo‘ygan edi. Biroq ispaniyalik futbolchi “Barselona”ga o‘tishga qaror qilgach, madridliklar o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Endilikda Mourinyo o‘z jamoasida shu yozda Madridning “Atletiko” klubiga o‘tgan Morten Yulmann uslubidagi, o‘yinning yuqori tempiga bardosh bera oladigan maydon markazi vakilini ko‘rishni istamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar