Daryo

Sidneyda odamlarni otib tashlagan erkak 59 ta jinoyatda ayblandi

Otishma oqibatida 15 kishi halok boʻlgan, jarohatlangan 20 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 377 ko‘rishlar0 izoh1

Avstraliyaning Sidney shahridagi plyajda 14-dekabr kuni otishma yuz berib, 15 kishi halok bo‘lgandi. Otishma sodir etganlardan biriga 59 ta jinoyat bo‘yicha ayblov qoʻyildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ayblovlar orasida 15 ta qotillik, qotillik niyatida og‘ir tan jarohati yetkazish bo‘yicha 40 ta holat, shuningdek, terrorchilik harakatini sodir etish bo‘yicha bitta ayblov ham bor. Tergovchilarga ko‘ra, hujum sodir etganlar “ISHIDdan ilhomlangan bo‘lishi mumkin”.

Otishmani ota va o‘g‘il sodir etgani aytilmoqda. 24 yoshli Naveed Akram voqea joyida hibsga olinib, og‘ir jarohatlar bilan Sidney shahridagi shifoxonaga yetkazilgan. Uning 50 yoshli otasi Sajid Akram esa hujum vaqtida politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan.

“Dastlabki belgilar Avstraliyada terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan ISHID tomonidan ilhomlantirilgan teraktga ishora qiladi”, dedi politsiya.

​Hujum oqibatida jarohatlangan 20 kishi hozirgacha Sidneydagi shifoxonalarda davolanmoqda. Ulardan birining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Naveed va uning otasi hodisadan bir oy oldin — noyabrda Filippinga safar qilgan. Ularning yakuniy manzili mamlakat janubidagi Davao shahri bo‘lgan. Naveed Akram Filippinga Avstraliya pasporti, uning otasi Sajid Akram esa Hindiston pasporti bilan borgan.

Sidneydagi otishma

14-dekabr kuni Akram va uning otasi Bondi plyajida sakkiz kun davom etadigan yahudiylarning Hanuka bayrami boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashgan odamlarga qarata o‘q uzdi. Ommaviy otishma oqibatida 15 kishi, jumladan, 10 yoshli bola halok bo‘ldi. 

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar