Daryo

Avstraliyadagi plyajda noma’lum shaxslar odamlarga oʻt ochdi (video)

Otishma yahudiylarning Xanuka bayrami nishonlanayotgan paytda yuz bergan. Ikki nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan.

1 daqiqa o‘qish9 830 ko‘rishlar0 izoh2

Avstraliyadagi plyajda 14-dekabr kuni noma’lum shaxslar odamlarga qarata bir necha bor o‘q uzdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hodisa Sidneydagi Bondi plyajida sodir bo‘lgan. Otishma oqibatida kamida 10 kishi jarohat olgan, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Politsiya fuqarolardan plyaj hududidan uzoqroq turishni so‘rab ogohlantirish e’lon qilgan.

Otishma yahudiylarning Xanuka bayrami nishonlanayotgan paytda yuz bergan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, kamida 50 marta o‘q uzilgan. Hodisa bo‘yicha ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

“Hududdagi barcha fuqarolar zudlik bilan boshpana topishi kerak”, deya bayonot berdi politsiya.

Huquq-tartibot idoralari hozircha hodisaning tafsilotlarini oshkor qilmayapti. Sidneyning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan Bondi plyaji uzunligi 3 ming futdan ortiq bo‘lib, Avstraliyaning eng mashhur plyajlaridan biri hisoblanadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar