Daryo

Besh karra Jahon chempioni Terens Krouford sportchilik faoliyatini yakunladi

“Men sportni tark etyapman. Kuchim qolmagani uchun emas, balki isbotlash uchun hech narsa qolmagani sababli bu qarorga keldim”, deydi Krouford.

1 daqiqa o‘qish25 318 ko‘rishlar0 izoh45

Amerikalik bokschi, besh vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Terens Krouford (42-0, 31 KO) professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Men sportni tark etyapman. Kuchim qolmagani uchun emas, balki isbotlash uchun hech narsa qolmagani uchun bu qarorga keldim.

Har bir sportchi bunday lahza kelishini biladi, faqat qachon kelishini bilmaydi. Butun umrim davomida nimanidir quvib yashadim, ammo bu kamarlar, pul yoki sarlavhalar emas edi. Bu — butun dunyo senga shubha bilan qaragan paytda ham o‘zingni namoyon etish va hammaning yanglishayotganini isbotlash tuyg‘usi.

Men oilam uchun jang qildim. Shah­rim uchun jang qildim. Hech narsasi bo‘lmagan, faqat orzusi va bir juft qo‘lqopi bo‘lgan bolakay — o‘sha o‘zim uchun jang qildim va buni o‘zim to‘g‘ri deb bilgan yo‘l bilan amalga oshirdim. Bu sportga har bir nafasimni bag‘ishladim”, deya yozdi Krouford o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Foto: Foto: Instagram

Ma’lumot uchun, Teren­s Krouford 38 yoshda. Amerikalik bokschi professional faoliyatini 2008-yilda boshlagan. U 2014-yilda yengil vaznda (-61,2 kg) Jahon chempioni bo‘ldi. 2017-yilda birinchi yarim yengil vaznda (-63,5 kg) mutlaq Jahon chempioniga aylandi. 2023-yilda yarim o‘rta vaznda (-66,7 kg), 2024-yilda birinchi o‘rta vaznda (-69,9 kg gacha) chempionlikni qo‘lga kiritdi. 2025-yilda esa ikkinchi o‘rta vaznda (-76,2 kg gacha) mutlaq Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Professional faoliyati davomida Krouford biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan: uning rekordi — 42 ta g‘alaba (31 martasi nokaut).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar