Daryo

SSV dorilar elektron retsept asosida berilishi bo‘yicha murojaatlarni o‘rgandi

Ishchi guruh tomonidan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarining murojaatlari, kelib tushayotgan barcha taklif va e’tirozlar tezkor ravishda va atroflicha ko‘rib chiqildi. Uning natijalari tez orada e’lon qilinadi.

1 daqiqa o‘qish6 255 ko‘rishlar0 izoh5

Sog‘liqni saqlash vazirligi dorilar elektron retsept asosida berilishi bo‘yicha murojaatlar yuzasidan 12-dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazdi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, bu borada doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tomonidan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlarining murojaatlari, shuningdek, tizim ishga tushirilgan dastlabki kunlarda uning faoliyati, jumladan, poliklinikalarga bo‘ladigan yuklamalar, dori vositalarini berish tartibi va raqamli xizmatlar ishining barqarorligi tahlil qilindi.

Kelib tushayotgan barcha taklif va e’tirozlar tezkor ravishda va atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yaqin vaqtlarda mazkur yig‘ilish yakunlari asosida Sog‘liqni saqlash vazirligining 

“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha jamoatchilik vakillaridan kelib tushayotgan muhim savollarga dastlabki javoblari e’lon qilinadi, deyiladi vazirlik xabarida.


2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman va shaharlardagi barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga tayinlashda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha elektron retsept rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Bemorlarga tayinlangan dori vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (xalqaro patentlanmagan yoki original dori nomi, kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi) elektron retseptga bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlanadi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar