Daryo

Oʻzbekistonda notariuslikka talabgorlar uchun oʻquv kurslari tartibi belgilandi

Kurs yakunida ular suhbat shaklida imtihon topshirib, 100 ballik tizimda baholanadi va yetarli natijani qayd etganlarga sertifikat beriladi.

1 daqiqa o‘qish5 474 ko‘rishlar0 izoh6
Maqolani tinglang
0:00
1:07

Notariuslikka talabgorlar uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oʻquv kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, talabgorlar oʻquv kurslarida institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 72 soat davomida oʻqitiladi. Kurslar institutda yoki masofaviy shaklda tashkil etiladi.

Talabgor yil davomida elektron yoki yozma ravishda ariza topshirishi mumkin boʻlib, oʻquv jarayoni 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda, maʼruza, seminar hamda amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkazilib, davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi.

Imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun komissiya shakllantiriladi hamda yakunda tinglovchilar suhbat shaklida imtihon topshirib, 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda kamida 56 foiz ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan kuchga kirishi bildirildi.

Prezidentning tegishli qaroriga asosan notariuslik faoliyati bilan shugʻullanish uchun yosh chegarasi 65 yoshdan 70 yoshga oshirilishi xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar