Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m bo‘ldi;
- yevro 12,86 so‘mga ko‘tarilib, 13 987,31 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,27 so‘mga pastlab, 156,68 so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi 19-noyabdan buyon 12 ming so‘mdan ko‘tarilmay kelayotgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 11 oyi davomida milliy valyuta dollarga nisbatan 7,88 foiz, yaʼni 1018 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi. 2025-yil yanvar–oktyabr oylarida so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi 7 foizga mustahkamlangandi.








