Daryo

Xabi Alonso yaqin vaqt ichida “Real”ni tark etishi mumkin — manba

Marca nashrining yozishicha, murabbiy futbolchilar orasida obro‘sini yo‘qotgan, klub rahbariyati esa hozirgi vaziyatda ko‘proq o‘yinchilar tarafini olmoqda.

1 daqiqa o‘qish8 683 ko‘rishlar0 izoh7

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yaqin kunlar ichida ishdan bo‘shatilishi mumkin. Marca nashrining yozishicha, murabbiy futbolchilar orasida obro‘sini yo‘qotgan, klub rahbariyati esa hozirgi vaziyatda ko‘proq o‘yinchilar tarafini olmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoadagi inqiroz “El-Klasiko”dan keyin boshlangan. O‘sha uchrashuvda braziliyalik hujumchi Vinisius Junior hissiyotga berilib Xabi Alonsoni tanqid qilgan edi. Mazkur holat ortidan ispaniyalik mutaxassisga nisbatan norozilik kuchaygan. 

Avvalroq Eslatib o‘tamiz, avvalroq kutilmagan natijalar qayd etayotgan “Real Madrid”da ichki vaziyat yanada murakkablashayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Klubga yaqin manbalarning yozishicha, jamoa o‘yinidagi inqirozga birgina murabbiy Xabi Alonso emas, balki yetakchi futbolchilarning o‘zaro moslasha olmayotgani ham sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

7-dekabr, yakshanba kuni “Real” Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi bahsda kutilmaganda 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Endi “qaymoqranglilar”ning peshqadam “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda. 10-dekabr kuni Alonso jamoasi o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar