Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kechkemet shahrida o‘z tarafdorlari bilan o‘tkazilgan saylovoldi yig‘ilishida yaqin kunlarda Vengriya delegatsiyasi Rossiyaga jo‘nab ketishini ma’lum qildi.
Orbanning aytishicha, delegatsiya missiyasi urushdan keyingi davrda iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratiladi. Chunki Rossiyaning G‘arb iqtisodiyotidan yakkalanib qolmasligi, aksincha, qayta integratsiya qilinishi ehtimoli mavjud.
“Kelajakni o‘ylashimiz kerak. Chunki agar Xudo yordam bersa va urush bizni unga tortmasdan tugasa hamda AQSH prezidentiga Rossiyani jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiya qilish, sanksiyalarni bekor qilish nasib etsa, biz butunlay boshqa iqtisodiy vaziyatga tushamiz”, — degan Orban.
Uning ta’kidlashicha, u hozirda ham Vashington, ham Moskva bilan aloqada, biroq bosh vazir barcha tafsilotlarni oshkor eta olmasligini qayd etdi.
Vengriya OAVlari xabariga ko‘ra, mahalliy MOL neft-gaz kompaniyasi AQSh sanksiyalariga tushgan “Lukoyl” va “Gazprom neft” kompaniyalariga tegishli Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari (NPZ) va avtomobil yoqilg‘i shoxobchalarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.








