Daryo

“Transneft” Ukrainaning dron hujumlari sababli neft qazib olish qisqarishi mumkinligini bildirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning neft quvurlari, portlari va qayta ishlash zavodlariga zarbalar bermoqda. Natijada Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish to‘xtab qolgan.

1 daqiqa o‘qish1 186 ko‘rishlar0 izoh0
“Transneft” kompaniyasi neft ishlab chiqaruvchilarini Ukrainaning portlar va qayta ishlash zavodlariga hujumlari oqibatida qazib olishni qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Transneft” hamkorlariga murojaat qilib, hujumlar davom etsa, kamroq neft qabul qilishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan. Kompaniya shuningdek, quvur tizimi orqali neft saqlash va tashish imkoniyatlarini ham cheklagan.

Avgust oyidan beri Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmasiga hujumlarni kuchaytirib, Moskvaning daromadlarini va harbiy resurslarini kamaytirishga urinmoqda. Ukrainaning hujumlari kamida 10 ta neftni qayta ishlash zavodiga zarar yetkazgani, buning oqibatida Rossiyaning qayta ishlash quvvati 20 foizga qisqargani aytilmoqda.

So‘nggi haftalarda Ukraina Qurolli kuchlari “Transneft”ning Drujba quvuriga bir necha marta zarba berdi. Shu sababli Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish to‘xtab qoldi. Mazkur mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari Yevrokomissiyaga shikoyat qilgan, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban esa AQSH prezidenti Donald Trampga xat yozgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar