Daryo

“Tolibon“ yuzlab TTP a’zolarini qo‘lga oldi: Pokiston bundan qoniqmadi

Pokiston “Tahriki Tolibon Pokiston” guruhini ikki mamlakat chegarasidan chetlashtirishni yoki ularni Islomobodga topshirishni talab qildi.

1 daqiqa o‘qish5 856 ko‘rishlar0 izoh2

“Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy “Tehriki Tolibon Pokiston” (TTP) guruhining bir necha yuz a’zosi hibsga olinganini ma’lum qildi. Pokiston tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dar esa  bu yetarli emasligini bildirdi. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

Is’hoq Dar “Tolibon” TTP a’zolarini ikki davlat chegarasidan olib chiqishi yoki ularni Pokistonga topshirishi kerakligini ta’kidlamoqda. Va’zir o‘z mamlakati Afg‘oniston tuprog‘i Pokiston xavfsizligiga qarshi har qanday tarzda ishlatilishini istamasligini aytgan. Bundan tashqari, u “Tolibon”ni guruhning boshqaruv siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

“Afg‘on muammosini kuch bilan hal qilishimiz mumkin, ammo biz birodarlarimizni uylariga kirib o‘ldirishni istamaymiz. Agar Hindistonga saboq bera olgan bo‘lsak, Afg‘oniston masalasini hal qilish hech gap emas”, degan vazir keskin ohangda.

Saudiya Arabistonidagi muzokaralar barbod bo‘ldi

Afghanistan International nashriga manbalar “Tolibon” delegatsiyasining Pokiston rasmiylari bilan muzokara o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga borganini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur muzokaralar yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uchragan va natijasiz yakunlangan. Bundan oldin ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida Qatar va Turkiyada muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lib, tomonlar o‘rtasida sulhga erishilmagan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar