Daryo

O‘zbekistonda to‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi

Buning yordamida fuqarolar xohlagan mobil ilovasini tanlashi va to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

1 daqiqa o‘qish5 190 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona standartlari joriy etiladi. Bu prezidentning “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, Markaziy bank 2025-yil dekabrida universal QR-kod pilot loyihasini banklar va to‘lov tashkilotlari bilan sinov tariqasida joriy etadi. 2026-yil yanvarida universal QR-kod bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlaydi. 2026-yil fevralida esa to‘lov xizmatlari bozorida universal QR-kod amaliyotga joriy etiladi.

Aprel oyida Markaziy bankning To‘lov tizimlari departamenti rahbari o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarda universal to‘lov QR-kodini yaratish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi. Hozirda savdo nuqtalarida tadbirkorlar tomonidan ko‘pincha QR-kodli bir nechta taxtachalar o‘rnatilganini, bu esa xaridorlarga noqulayliklar tug‘dirishini qayd etgandi.

“Biz yagona standart yaratishni maqsad qilganmiz. Unga ko‘ra, tashkilotda QR-kod o‘rnatiladi va mijoz uning yordamida o‘zi xohlagan mobil ilova yoki to‘lov xizmati orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, deya uning media-muloqotdagi so‘zlarini keltirgandi Spot nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazganida tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod berilishini aytgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar