“O‘zgidromet” 27-noyabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni havo harorati nisbatan pasayadi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 3 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Noyabr oyining so‘nggi ish haftasida O‘zbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turishi prognoz qilingan. “O‘zgidromet” qish mavsumi uchun ham ob-havo prognozini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘ladi. Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Fevral oyi birinchi o‘n kunligida anomal sovuq davom etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi.
28-noyabr kuni juma namozidan keyin barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi.








