Daryo

OCHL 2. “Andijon” musobaqaning 5-turida ham durang o‘ynadi

Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

1 daqiqa o‘qish2 882 ko‘rishlar0 izoh1

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi 5-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Arqadag‘” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. Andijondagi “Bobur arena”da o‘tgan bahsda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa vaqti-vaqti bilan raqib jarima maydonchasi qarshisida xavfli hujum uyushtirdi. Biroq birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol qilinmadi. 

Ikkinchi bo‘lim maydon egalarining biroz ustunligida boshlandi. Bu ustunlik 63-daqiqaga kelib, hisobda ham aks etdi. Abduvohid G‘ulomovning uzatmasidan keyin “Andijon”ning nigeriyalik hujumchisi Ismoil Akinade hisobni 1:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, jamoa musobaqadagi ilk golini kiritdi. Ammo oradan 5 daqiqa o‘tib, Turkmaniston klubi hisobni tenglashtirdi. Didar Durdiyev tomonidan kiritilgan gol evaziga tablodagi natija 1:1 ko‘rinishiga keldi. 

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida kechdi. Biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi. Shu tariqa, “Andijon” Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining 5-turida ham durang o‘ynadi. 

“Andijon” ayni paytda onlayn turnir jadvalida 5 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. “Arqadag‘” esa 4 ochko bilan oxirgi o‘rinni band etgan. Guruh yetakchisi Qatarning “Al-Ahli” klubi (7 ochko) bo‘lsa, “Al-Haldiya” 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2

5-tur

26-noyabr, chorshanba

“Andijon” — “Arqadag‘” 1:1 
Gollar:
1:0 — Akinade (63), 1:1 — Durdiyev (68)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar