Daryo

OCHL 2. “Andijon” ketma-ket 3-bahsda ham nursiz durang o‘ynadi

E’tiborli tomoni shundaki, guruhda faqat Bahrayn klubi gol urishni uddalagan. Jamoa 2-tur doirasidagi “Arqadag‘”ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Guruhning qolgan ishtirokchilari — “Al-Ahli”, “Andijon” hamda “Arqadag‘” hozircha raqib darvozasini ishg‘ol qilmadi.

1 daqiqa o‘qish2 254 ko‘rishlar0 izoh0

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi 3-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda Bahraynning “Al-Halidiya” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Andijondagi “Bobur arena” stadionida o‘tgan bahsda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

O‘yin keskin kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa navbatma-navbat raqib darvozasi qarshisida xavfli hujum uyushtirdi. Ammo darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Mazkur natijadan keyin “Andijon” hisobidagi ochkolar soni 3 taga yetdi. Maksim Shatskix shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Al-Halidiya” esa 5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 

Foto: Flashscore

E’tiborli tomoni shundaki, guruhda faqat Bahrayn klubi gol urishni uddalagan. Jamoa 2-tur doirasidagi “Arqadag‘”ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Guruhning qolgan ishtirokchilari — “Al-Ahli”, “Andijon” hamda “Arqadag‘” hozircha raqib darvozasini ishg‘ol qilmadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2

3-tur

“Andijon” — “Al-Halidiya” 0:0

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar