Daryo

Navoiydagi qamoqxonada mahbus vafot etgani rad etildi

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sh.S.ning sog‘lig‘ida o‘zgarish bo‘lgani sababli unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 302 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida mahkum vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlar asossiz bo‘lib, joriy yilning 23-noyabr kuni jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sh.S.ning sog‘lig‘ida o‘zgarish bo‘lgani sababli unga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, videomurojaat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Bundan avval IIV Jazoni ijro etish departamentining Olmaliqdagi 14-sonli koloniyasida jazoni o‘tayotgan 21 yashar mahkum vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan ham Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum vafot etgan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar