Daryo

Levandovski yanvarda Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin

“Barselona” hujumchi bilan xayrlashishga tayyor.

1 daqiqa o‘qish1 603 ko‘rishlar0 izoh1

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga “Fenerbahche” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbada yozilishicha, Istanbul klubi yanvar oyida polshalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi va unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni maqsad qilgan. Ayni paytda turk klubi hujum chizig‘ida Jon Dyuran hamda Yusuf En-Neseri kabi futbolchilar to‘p suradi. Klub bosh murabbiyi Dominiko Tedesko Levandovski orqali jamoani yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.

Levandovski “Barselona”dan ketmoqchi emas. Futbolchi klubda qolishni istamoqda. Kataloniyaliklar esa futbolchining samaradorligi pasaygan deb hisoblamoqda. Shuning uchun, Robert bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni klublari ham tajribali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq Levandovski hozircha faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishga tayyor emasligi aytilmoqda. Hujumchi yana bir ikki mavsum davomida Yevropada qolib, faoliyatini shu yerda yakunlashni maqsad qildigan.

Ma’lumot uchun, Levandovski 2022-yildan beri “Barselona” sharafini himoya qiladi. Hujumchi hozirga qadar klub safida 161 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 109 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Joriy mavsum Levandovski “Barselona” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishni uddaladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar