Daryo

“Barselona” Xorvatiya terma jamoasi darvozabonini sotib oladi — manba

Kataloniyaliklar Livakovichning amaldagi klubi “Fenerbahche” bilan muzokaralarni ijobiy ruhda olib bormoqda.

1 daqiqa o‘qish2 565 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovichni transfer qilishga yaqin turibdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchining amaldagi klubi “Fenerbahche” bilan muzokaralarni ijobiy ruhda olib bormoqda. Biroq tomonlar hozircha yakuniy kelishuvga erishmagan.

“Barselona” transferni 1-sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. Klub Livakovichni dastlab bir mavsumga boshqa jamoaga ijaraga berishni ko‘zlamoqda.

2026/27-yilgi mavsumda kataloniyaliklar darvozasini Joan Garsiya va Voytsex Shensni himoya qiladi. Livakovich esa jamoaga kelasi yil yozida qo‘shilishi kutilmoqda. O‘sha paytga kelib Shensnining “Barselona” bilan shartnomasi yakuniga yetadi.

Shundan so‘ng xorvatiyalik darvozabon asosiy posbon Joan Garsiyaning o‘rinbosariga aylanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Livakovichning transferi “Barselona”ga 3–5 million yevro atrofida tushishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Livakovich 2025/26-yilgi mavsumni “Fenerbahche” safida boshlagan. Keyinchalik u ijara asosida “Jirona”ga o‘tdi, biroq Ispaniya klubida bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda maydonga tushdi. 2026-yil yanvarida esa xorvatiyalik darvozabon ijara asosida “Dinamo Zagreb”ga qaytdi.

Livakovich mavsumning ikkinchi qismida Zagreb klubi safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar