Daryo

Isroil HAMAS hujumini qaytarolmagan harbiy qoʻmondonlarni ishdan boʻshatdi

Yahudiy davlatida 2023-yil 7-oktyabrdagi hujumlarning oldini ololmagani uchun bir necha yuqori martabali ofitserlar ishdan olindi. Ayrimlariga hayfsan berildi.

1 daqiqa o‘qish1 336 ko‘rishlar0 izoh1

Isroil harbiylari 2023-yil oktyabr oyida HAMAS boshchiligidagi hujumning oldini ololmagani uchun bir necha yuqori martabali ofitserlarni ishdan bo‘shatdi. Bir qator harbiylarga esa tanbeh berildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Rasman ishdan bo‘shatilgan generallar ro‘yxatiga harbiy razvedka, operatsiyalar va G‘azo uchun mas’ul bo‘lgan janubiy qo‘mondonlik rahbarlari kiritilgan. Gap armiyaning sobiq razvedka boshlig‘i Aaron Xaliva, operativ boshqarma sobiq rahbari Oded Basyuk va o‘sha paytda janubiy harbiy okrug uchun javobgar bo‘lgan general-mayor Yaron Finkelman haqida ketmoqda.

Ishdan boʻshatish qarori Isroil hukumati hali rasmiy tergov boshlamaganiga qaramay qabul qilindi. Aynan 7-oktyabrdagi hujum G‘azoga qarshi urush boshlashga turtki bo‘lgandi. Harbiylar 23-noyabr kuni bayonot berib, bir nechta ofitserlar zaxira xizmatidan chiqarilishi va endi armiyada xizmat qilmasligini ma’lum qilgan.

“Isroil armiyasi 7-oktyabr kuni o‘zining asosiy vazifasini — Isroil davlatining tinch aholisini himoya qilishni uddalay olmadi. Bu jiddiy, shov-shuvli, tizimli muvaffaqiyatsizlik. O‘sha kundan olinadigan saboqlar ko‘p va muhim bo‘lib, ular kelajak uchun kompasimiz bo‘lishi kerak”, dedi harbiy shtab boshlig‘i Eyal Zamir.

​

Zaxira xizmatidan bo‘shatiladiganlar orasida razvedka boshqarmasi, operativ boshqaruv va janubiy qo‘mondonlikning sobiq rahbarlari ham bor. Ular faol xizmatdan allaqachon ketgan, ammo zaxirada qolishda davom etayotgan edi.

Hozirgi razvedka boshqarmasi rahbari esa 2023-yil 7-oktyabr kuni operativ bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan. U rasman tanbeh oldi, biroq 2028-yilgacha o‘z lavozimida qoladi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, keyinchalik u o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Boshqa xodimlarga hayfsan e’lon qilindi. Bittasiga uning xizmati tugatilishi haqida xabar berishdi. Boshqasi esa iste’foga chiqishga rozi bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil havo kuchlari boshlig‘i HAMASning dronlari va parashyut yordamida amalga oshirilgan hujumlarini to‘xtata olmagani uchun hayfsan olgan. Isroilning amaldagi harbiy-dengiz floti boshlig‘i ham shu kabi asoslar bilan tanqid qilingan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar