Daryo

O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

1 daqiqa o‘qish6 169 ko‘rishlar0 izoh51

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:

  • dollar 16,92 so‘mga oshib, 11 988,32 so‘m bo‘ldi;
  • yevro 25,49 so‘mga ko‘tarilib, 13 822,53 so‘m bo‘ldi;
  • rubl 0,21 so‘mga oshib 152,02 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi 56,73 so‘mga ko‘tarilib, 11 971,40 so‘m bo‘lgandi. 

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–oktyabr oylarida soʻmning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi 7 foizga mustahkamlangan. Bunga bir qator qator omillar taʼsir koʻrsatgan. Avvalo, eksport tushumlari va xalqaro pul oʻtkazmalarining sezilarli oʻsishi soʻm qadri ortishiga turtki bergan. Oʻz navbatida xorijiy kreditlar jalb qilinishi, import toʻlovlari hajmlarining nisbatan barqarorlashuvi ham mazkur tendensiyaga taʼsir oʻtkazgan. Shu bilan birga, investitsiya hajmlari, jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning oshgani ham soʻm almashuv kursi mustahkamlanishiga zamin yaratgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar