Prezidentning 2025-yil 21-noyabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq sud tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Xudoyberdiyev Azamjon Hamrakulovich Namangan viloyat sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyat sudi raisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, quyidagi tayinlovlar amalga oshirildi:
- Mirzaxakimov Sherzod Turdaliyevich — Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi raisi;
- Yusupov Akram Abdivaxidovich — Toshkent shahar ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari;
- Mirzayev Turg‘unali Tursunovich — Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi;
- Yusupov Nizom Xasanovich — Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi.
Bundan tashqari, Mirzayev Shoyatbek Kozimjonovichning yozma arizasiga binoan u Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Mamlakatda odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida rivojlangan davlatlarning tajribasi asosida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda 21-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga qilingan taqdimotda muhokama etildi. Taqdimotda maʼmuriy va iqtisodiy sud ishlarini eksterritorial tarzda ko‘rish tartibini joriy etish masalasi ko‘rilgan. Sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan.








