Daryo

Jizzaxda yuk mashinasiga urilgan Lacetti odamlari bilan yonib ketdi (video)

2003-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan Isuzu yuk avtomashinasi gaz quyish shoxobchasidan chiqish chog‘ida qoidalarga rioya qilmay, qatnov qismiga chiqqan. Oqibatda 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish3 339 ko‘rishlar0 izoh11

Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Holat 21-noyabr kuni soat taxminan 23:50 da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 989-kilometrida sodir bo‘ldi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan Isuzu yuk avtomashinasi gaz quyish shoxobchasidan chiqish chog‘ida yo‘lning mazkur qismida o‘rnatilgan 2.4 “Yo‘l bering” va 4.1.2 “Harakatlanish o‘ngga” belgisi talablariga rioya qilmay, qatnov qismiga chiqqan. Oqibatda Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashagan 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Lacetti yonib ketgan. Hodisa oqibatida ushbu avtomobil haydovchisi va salonida bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Bundan avval Andijonda bir haydovchining oraliq masofani saqlay olmagani ortidan 4 ta avtomobil toʻqnashib ketgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar