Daryo

Mbappe “PSJ”dan 250 million yevro kompensatsiya talab qildi — Le Parisien

Klub esa bunga javoban Mbappening o‘zi jamoaga 440 million yevro to‘lashi kerakligini ta’kidlagan. Parijliklarning fikricha, u “bepul ketmaslik” haqidagi va’dasini buzgan.

1 daqiqa o‘qish2 334 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe sobiq klubi “Pari Sen-Jermen”dan 250 million yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, fransiyalik futbolchi sobiq klubi rahbariyati ustidan sudga shikoyat qilib, cheklangan muddatli shartnomani (CDD) doimiy shartnoma (CDI) ga o‘tkazmaslik, 55 million yevro maosh va bonuslarni to‘lamaslik hamda oxirgi yillarda ruhiy bosim o‘tkazilganini aytmoqda.

“PSJ” esa bunga javoban Mbappening o‘zi klubga 440 million yevro to‘lashi kerakligini ta’kidlagan. Parijliklarning fikricha, u “bepul ketmaslik” haqidagi va’dasini buzgan. Shuningdek, Mbappe “Real”ga o‘tishidan oldin “Al-Hilol”ning 300 million yevrolik taklifini rad etgan.

Mbappe may oyida “PSJ”ga qarshi yana bir shikoyat kiritgan — unda futbolchi klubni “ma’naviy bosim o‘tkazish” va “tahdid orqali majburlashga urinish”da ayblagan. Xususan, 2023-yil yozida shartnomani uzaytirishni xohlamagani uchun uni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatish holati ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Mbappe 2023/24-yilgi mavsum yakunida “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirmay, “Real Madrid”ga erkin agent sifatida o‘tgan. U Parij klubida 6 marotaba Fransiya chempionligi, 4 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi va 256 ta gol bilan klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar