Daryo

“Manchester Siti” “Nyukasl” himoyachisini sotib olmoqchi

“Shaharliklar” 2026-yilning yozgi transfer oynasi vaqtida uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.

1 daqiqa o‘qish1 560 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” 23 yoshli ingliz futbolchisi, “Nyukasl”ning o‘ng qanot himoyachisi Valentino Livramentoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “shaharliklar” 2026-yilning yozgi transfer oynasi vaqtida uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Shuningdek, jurnalistning yozishicha, Valentinoga Manchesterning boshqa bir jamoasi “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda, ammo “qizil iblislar” hozircha Livramento bo‘yicha aniq taklif yubormagan.

“Manchester Siti” joriy mavsum boshlanishidan oldin ham himoyachiga qiziqish bildirgan va u uchun 65 million funt sterling (taxminan 75 million yevro) taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq transfer noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmagan.

“Nyukasl” esa futbolchini sotmoqchi emas. Shu bois klub rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolish uchun uni eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirishni rejalashtirmoqda. “Qarg‘alar” Livramentoga olti yillik yangi shartnoma taklif qilishni mo‘ljallamoqda.

Livramento hozirgi klub bilan 2028-yil yozigacha shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, birta golli uzatma amalga oshirgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar