Daryo

Qushlarning sayrashini tinglash g‘am-qayg‘uni samarali bartaraf etishga yordam beradi — tadqiqot

Mutaxassislar tabiat ovozlari nafaqat hissiy, balki fiziologik ta’sir ko‘rsatib, asab tizimining faoliyatini tiklashga yordam berishini aniqlashgan.

1 daqiqa o‘qish2 580 ko‘rishlar0 izoh0

Chjetszyan universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot xulosalariga ko‘ra, qushlarning sayrashini tinglash xuddi ongli nafas olish meditatsiyasi singari qayg‘u hissini yengishda deyarli bir xil samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalari Applied Psychology: Health and Well-Being (APHWB) jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar tabiat ovozlari nafaqat hissiy, balki fiziologik ta’sir ko‘rsatib, asab tizimining faoliyatini tiklashga yordam berishini aniqlashgan. Tadqiqotda 187 nafar talaba qatnashgan, ularning bir qismida depressiya alomatlari mavjud edi. Filmlarning qayg‘uli lavhalarini ko‘rgandan so‘ng, ishtirokchilar yo qushlarning sayrash yozuvlarini tingladilar, yo qisqa meditatsiya mashg‘ulotini o‘tkazgan. Har ikkala usul ham qayg‘u darajasini pasaytirdi va xotirjamlik hissini qaytarishga yordam bergan, ammo depressiya alomatlari bo‘lgan odamlarda aynan qushlarning sayrashi kuchliroq fiziologik ta’sir ko‘rsatgan.

Tajriba natijalariga ko‘ra, bunday ishtirokchilarda yurak urishi o‘zgaruvchanligining tiklanishi tezroq kechgan. Ushbu holat organizmning stressga moslashish qobiliyatini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Bu esa tabiat ovozlarini tinglash hissiy holatning tabiiy boshqarilishiga ko‘maklashishini anglatadi.

Tadqiqotchilarning fikricha, qushlarning sayrashi aynan kuch va e’tiborni talab qilmagani uchun foydali. Mashq va diqqatni talab qiladigan meditatsiyadan farqli o‘laroq, tabiiy ovozlar yumshoq va o‘z-o‘zidan ta’sir qiladi, bu esa ularni ayniqsa diqqati susaygan va hissiy holati pasaygan odamlar uchun juda foydali qiladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar