Qoraqalpogʻistonda 10 oyda qancha shaxs va mol-mulk qidiruvga berilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, MIB boʻlimlari tomonidan hududda qarzdor deb topilgan 614 nafar shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Shundan jami 306 nafari izlab topilgan.
Shu bilan birga, alimentdan qarzi boʻlgan 233 nafar fuqaro sud hujjati ish yurituvga qabul qilinishidan avval chet elga chiqib ketgani maʼlum qilindi. Ularga nisbatan xalqaro qidiruv amalga oshirish boʻyicha soʻrovlar yuborilgan.
Qidiruvga berilgan avtomobillarni izlab topishga qaratilgan tadbirlarda oktyabr oyida 68 ta avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Fargʻonada erkak aliment sabab 2 yoshli qizi va xotinini oʻldirgandi. Uning qarzdorligi 10 million soʻm boʻlgan.
Toshkent viloyatida esa suvdan qarzdorlardan 2025-yilning ilk 10 oyida 19 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ undirilgandi.








