Daryo

Germaniya sudi Isroilga qurol eksportini to‘xtatish taklifini rad etdi

Berlin ma’muriy sudi yahudiy davlatining G‘azoga boshlagan urushida ko‘p narsa o‘zgarganini bildirib, hozirda hech qanday xavf yo‘qligini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish1 588 ko‘rishlar0 izoh1

Germaniyada Berlin ma’muriy sudi 12-noyabr kuni Isroilga qurol eksportini to‘xtatish bo‘yicha ikki shikoyatni protsessual sabablarga ko‘ra rad etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Da’volar Germaniyada yashovchi falastinlik shifokor hamda uning G‘azodagi otasi va yana bir necha hamrohlari tomonidan kiritilgan edi. Ular Germaniya hukumati Isroilga yangi qurol yetkazishni to‘xtatishi va ilgari berilgan 3 mingta tankka qarshi qurol eksport litsenziyasini noqonuniy deb topishini so‘ragandi.

Sud bayonotida aytilishicha, Germaniya hukumati yaqinda Isroilga jangovar qurollar yetkazish siyosatini o‘zgartirgan va hozircha xalqaro huquqning buzilish ehtimoli mavjud emas. Shuningdek, sud eksportni noqonuniy deb topish haqidagi da’vo faqat hukumat kelajakda xuddi shunday qaror qabul qilishi aniq bo‘lsa, ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirdi.

“G‘azo urushi 2023-yil kuzidan beri sezilarli darajada o‘zgardi. Shu bois xalqaro huquqning buzilish xavfi aniqlanmadi”, deyiladi sud qarorida.

“Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollar oqibatlarini ko‘rdim”

Da’vogar shifokor sud majlisida so‘zlab, G‘azoda yaradorlarga yordam berganini va Germaniyada ishlab chiqarilgan qurollar keltirib chiqargan oqibatlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytdi.

“Men bolalar hayoti uchun kurashdim, ularning terisi, dini yoki millatidan qat’iy nazar. Boshqalardan ham shuni kutaman”, dedi u.

Biroq sud raisi uning Germaniyada uzoq yashaganligi sababli da’vosi qanoatlantirilmasligini aytganidan so‘ng, shifokor shikoyatini qaytarib oldi.

Germaniya qurol eksporti siyosatini o‘zgartirmoqda

2023-yil 7-oktyabrdagi HAMAS hujumidan so‘ng Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni kuchaytirgan edi. Ammo 2025-yil avgust oyida kansler Fridrix Mers G‘azoda zo‘ravonlik kuchaygani uchun vaqtincha qurol eksportiga ruxsat berishni to‘xtatishini e’lon qilgan. Shunga qaramay, keyingi oyda Germaniya hukumati qiymati 2,46 million yevroga teng harbiy uskunalar eksportini tasdiqlagan. Bu ko‘rsatkich yanvar–avgust oylarida tasdiqlangan 250 million yevrolik eksport hajmidan ancha kam.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar