Daryo

Toshkentda chiqindi tashuvchi mashinalar harakatini onlayn kuzatish imkoni yaratildi

2026-yildan boshlab fuqarolar tomonidan xizmatlarni baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Poytaxtda kunlik chiqindi hajmi onlayn tarzda ochiq e’lon qilib boriladi.

1 daqiqa o‘qish3 008 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar aholisi chiqindi tashuvchi texnikalar harakatini GPS tizimi orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoni ega bo‘ldi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu maqsadda Transport vazirligi hamkorligida tozapoytaxt.uz sayti ishga tushirildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad shahar tozaligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va texnikalar ishlashi ustidan monitoring o‘rnatishdan iborat.

Aholining chiqindilar sohasidagi shikoyat va murojaatlarini qabul qilish xalqnazorati.uz platformasi orqali markazlashgan tarzda olib borilmoqda.

2026-yil 1-yanvardan:

  • har bir mahallaga chiqindi tashuvchi texnikaning kelish vaqti hamda yo‘nalishini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi;
  • mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi;
  • kunlik chiqindi hajmi onlayn tarzda ochiq e’lon qilib boriladi;
  • fuqarolar tomonidan xizmatlarni baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi;
  • yuridik tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi onlayn monitoring orqali nazorat qilinadi.

Poytaxt hokimligi xabarida qayd etilishicha, bu yangiliklar chiqindilarni boshqarish tizimining yanada shaffof, qulay va samarali bo'lishiga xizmat qiladi.

Prezident 2025-yil avgustida chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar bilan tanishganida chiqindini tashib ketish xizmatlari aholini rozi qiladigan darajada bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi. Shu bois mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish vazifasi qo‘yilgandi.

Toshkent shahrida chiqindidan qarzdorlarning elektr to‘loviga cheklov kiritish ham boshlandi. 5-noyabr kuni Toshkent shahri bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan qariyb 2 mlrd 239 mln so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 25 ming 121 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS xabarnoma orqali ogohlantirilgan. Ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 mingta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar