Daryo

“Kurashaman, oxirigacha boraman”. Guliraʼno Qosimovaga oid sud ishi bu safar OAV vakillari ishtirokida koʻrib chiqildi

Jabrlanuvchi avvalroq Prezident Administratsiyasi va Oliy sudga murojaat qilib, sud majlislari adolatsiz oʻtayotganini aytgandi.

1 daqiqa o‘qish3 708 ko‘rishlar1 izoh183

Jinoyat ishlari boʻyicha Quva tuman sudi Fargʻona viloyatining Furqat tumani IIB sobiq boshligʻi va uning oʻrinbosariga oid jinoyat ishi boʻyicha sud majlisini 12-noyabr kuni davom ettirdi. Bu galgi sud jarayoni ochiq tarzda oʻtkazilib, unda OAV vakillari va blogerlar, jumladan, “Daryo” nashri muxbiri ham ishtirok etdi.

Sud majlisida sudlanuvchilarning advokatlari jabrlanuvchi Guliraʼno Qosimova tomonidan oʻtgan galgi yopiq sud majlisi tafsilotlari ijtimoiy tarmoqlarda oshkor etilganini daʼvo qilib, bunga nisbatan tegishli choralar koʻrilishini soʻradi. Sudya ushbu soʻrovni rad etdi.

Guliraʼno Qosimova.
Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

Guliraʼno Qosimova ham sudga iltimosnoma kiritib, sudda ishtirok etayotgan OAV vakillariga mazkur jarayonni foto va videoga olishiga ruxsat berilishini soʻradi. Biroq bu iltimosnoma ham rad etildi.

Shundan soʻng jabrlanuvchi va guvohlar yuzlashtirildi hamda ularning koʻrsatmalari tinglandi. Advokatlar har ikki tomonga ham oʻzlarini qiziqtirgan va aniqlik kiritilishi zarur boʻlgan savollar bilan yuzlandi.

Sud majlisining yopiq qismida mazkur ish bilan bogʻliq voqealar aks etgan videolavha OAV ishtirokisiz koʻrib chiqildi. Jabrlanuvchining bildirishicha, mazkur videoning toʻliq koʻrinishi hozirgacha topilmagan.

Sud tanaffusi chogʻida Guliraʼno Qosimova “Daryo” muxbiri bilan muloqotda boʻlib, bugungi jarayonlar ochiq tartibda oʻtayotganligi va unda jurnalistlar, blogerlar ishtirok etayotganidan qoniqish bildirdi.

Kurashaman, oxirigacha boraman baribir. Bu jarayonlar yakuniga yetganidan keyin biroz tin olish haqida oʻylab koʻrish mumkin, chunki boʻlib oʻtgan ishlardan soʻng oʻzimga kelib olishim uchun maʼlum muddat kerak boʻladi, deydi Guliraʼno Qosimova.

​Keyingi sud muhokamasi joriy yil 14-noyabr kuniga belgilandi.​

Jabrlanuvchi Guliraʼno Qosimova avvalroq Prezident Administratsiyasi va Oliy sudga murojaat qilib, sud majlislari adolatsiz oʻtayotganini aytgandi. Uning taʼkidlashicha, sudyaga eʼtiroz bildirgani uchun u sud zalidan chiqarib yuborilgan.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar