Daryo

Turkiya harbiy yuk samolyoti Gruziyada qulab tushdi (video)

Bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot Ozarbayjondan Turkiyaga qaytayotganda halokatga uchradi.

1 daqiqa o‘qish2 469 ko‘rishlar0 izoh1

Turkiya harbiy yuk samolyoti Gruziya chegarasida qulab tushdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, Daily Sabah xabar berdi.

Samolyot Ozarbayjondan Turkiyaga qaytayotgan bo‘lgan. Vazirlik bayonotida aytilishicha, C-130 rusumli samolyot bortida 20 nafar harbiy xizmatchi, jumladan uchuvchilar ham bo‘lgan. Hozirda Gruziya hukumati bilan hamkorlikda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Halok bo‘lganlar yoki omon qolganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmayapti.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi ham hodisani tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Ozarbayjon chegarasidan taxminan 5 kilometr masofada Gruziya hududiga qulagan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada bo‘lib o‘tgan tadbirda voqea haqida gapirib, halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.

“Biz samolyot qoldiqlarini tekshirish uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib bormoqdamiz”, degan Erdo‘g‘on.

​

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar