Daryo

Turkiyada samolyot qulab tushishi oqibatida Liviya generali halok boʻldi (video)

Samolyot bilan aloqa, taxminan, 40 daqiqalik parvozdan so‘ng yo‘qolgan. Bortda Muhammad al-Haddoddan tashqari uning maslahatchisi, general-leytenant, brigada generali va fotosuratchi boʻlgan.

1 daqiqa o‘qish11 150 ko‘rishlar0 izoh3

Liviya armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Ali Ahmad al-Haddod bo‘lgan xususiy samolyot 23-dekabr kuni Anqara yaqinida qulab tushdi. Hodisa oqibatida liviyalik general halok boʻldi.

Liviya hukumati o‘z harbiy qo‘mondoni halok bo‘lganini tasdiqladi. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya esa aviahalokat yuzasidan bayonot berdi.

“Anqaradagi Esenbog‘a aeroportidan Tripoli shahriga uchgan samolyot bo‘laklari bizning huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Xayman rayonidagi Kesikkavak qishlog‘idan 2 kilometr janubda topildi”, dedi Yerlikaya.

​Falcon 50 samolyoti bilan aloqa taxminan 40 daqiqalik parvozdan so‘ng yo‘qolgan. Uchoq bortida Liviya Bosh shtabi boshlig‘idan tashqari yana to‘rt nafar yo‘lovchi bor edi. Generalga uning maslahatchisi Muhammad Al-Asaviy Diab, quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi boshlig‘i general-leytenant Al-Fayturi G‘arib, brigada generali Mahmud Al-Kativi va Bosh shtab boshlig‘i matbuot xizmati fotosuratchisi Muhammad Umar Ahmad Mahjub hamrohlik qilgan.

“Bu og‘ir yo‘qotish millat, harbiy muassasa va butun xalq uchun katta yo‘qotishdir”, dedi Liviya bosh vaziri Abdul Hamid Dbeyba.

​Muhammad al-Haddod Liviya gʻarbidagi armiyaning bosh qo‘mondoni edi. U bo‘lingan Liviya armiyasini birlashtirish uchun davom etayotgan urinishlarda hal qiluvchi rol oʻynagan.
Foto: Muhammad Ali Ahmad al-Haddod

Liviya generali Turkiya Bosh shtabi rahbari Selchuk Bayroqtaro‘g‘lining taklifiga binoan Anqaraga kelgan edi. U Turkiya mudofaa vaziri Yashar Gyuler bilan uchrashgan. Halokatga uchragan samolyot Maltada joylashgan Harmony Jets kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Falcon 50 biznes-jeti uchta dvigatel bilan jihozlangan. U havoda 6,5 soat tura oladi, parvoz masofasi esa 5800 kilometrni tashkil qiladi. Samolyot o‘n kishiga mo‘ljallangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar