Daryo

Toshkentda chiqindidan qarzdorlarning elektr to‘loviga cheklov kiritish boshlandi

Poytaxtda 5-noyabr kuni qarzdorlik bo‘yicha 25 mingdan ortiq abonent ogohlantirilgan. Qarzini 5 kun ichida to‘lamaganlar elektr energiyasi uchun vaqtincha to‘lov qilolmaydi. Bu tartib dekabrdan respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.

1 daqiqa o‘qish3 074 ko‘rishlar0 izoh1
Maqolani tinglang
0:00
1:27

Toshkentda chiqindi xizmatidan qarzdor 6 ming nafar abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5-noyabr kuni Toshkent shahri bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan qariyb 2 mlrd 239 mln so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 25 ming 121 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirilgan.

Ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 mingta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

Ayni paytda Toshkent shahri kesimida chiqindi xizmatlaridan jami 582 million so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik mavjud. Bu qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq elektr to‘loviga vaqtincha cheklov darhol yechiladi.

Chiqindilarni boshqarish agentligining bildirishicha, 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 2025-yilning 5-noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda. Mazkur tartib joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.

Sanitar tozalash korxonalari chiqindi to‘lovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun javobgar hisoblanadi.

O‘zbekistonda 2026-yilning 1-yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni uyma-uy yurib undirish toʻxtatiladi. Chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlar jismoniy va yurdik shaxslar tomonidan faqat onlayn tarzda barcha elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Sanitar tozalash sohasida iste’molchilardan faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi.



Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar