Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 4-noyabr, seshanba kuni musobaqaning 1-turidan o‘rin olgan 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning “E” guruhidan o‘rin olgan Gaiti hamda Misr o‘smirlar terma jamoasi o‘rtasidagi bellashuvda Afrika qit’asi vakillari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Venesuela U-17 jamoasi esa angliyalik tengqurlaridan 3:0 hisobida ustun keldi.
“E” guruhi
Gaiti U-17 — Misr U-17 1:4
Gollar: 0:1 — Bilol (3), 0:2 — Abdel (11), 1:2 — Pyerra (20), 1:3 — Abdulkarim (27), 1:4 — Kamol (72)
Angliya — Venesuela 0:3
Gollar: 0:1 — Davis (40), 0:2 — Fuentes (45), 0:3 — Barrios 990+3)
“F” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuar U-17 hamda Shvetsariya U-17 jamoalari o‘rtasidagi bahda yevropaliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Janubiy Koreya o‘smirlar jamoasi esa Meksikani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“F” guruhi
Kot-d’Ivuar U-17 — Shvetsariya U-17 1:4
Gollar: 0:1 — Zufferey (12), 0:2 — Lukesh (41), 0:3 — Koloto (52), 0:4 — Stiel (67), 1:4 — Yao (81)
Meksika U-17 — Janubiy Koreya U-17 1:2
Gollar: 0:1 — Koo (19), 1:1 — De Nigris (44), 1:2 — Nam (49)
“G” guruhida o‘rin olgan dastlabki bellashuvda Shimoliy Koreya Salvador U-17 jamoasini ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida esa Germaniya o‘smirlar jamoasi Kolumiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
“G” guruhi
Shimoliy Koreya U-17 — Salvador U-17 5:0
Gollar: 1:0 — Rim (14), 2:0 — Kim Yu-Jin (45+1), 3:0 — Rim (68), 4:0 — Kim Yu-Jin (88), 5:0 — Han Bok (90+5)
Germaniya U-17 — Kolumbiya U-17 1:1
Gollar: 1:0 — Toni (1), 1:1 — Katano (57)
“H” guruhining dastlabki o‘yinidan Braziliya U-17 jamoasi Gundurasni qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur bellashuvda “sariq-yashillar” 7:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Zambiya o‘smirlar jamoasi Indoneziyani 3:1 hisobida taslim etdi.
“H” guruhi
Braziliya U-17 — Gonduras U-17 7:0
Gollar: 1:0 — Pablo (9), 2:0 — Dell (15), 3:0 — Felipe (19), 4:0 — Dell (45+4), 5:0 — Vitor (59), 6:0 — Anxelo (74), 7:0 — Gabriyel (90)
Indoneziya U-17 — Zambiya U-17 1:3
Gollar: 1:0 — Zahabi (12), 1:1 — Abel (35), 1:2 — Abel (37), 1:3 — Lukonde (41)
5-noyabr, chorshanba kuni musobaqa doirasidagi yana 8 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 jamoasi esa Paragvay o‘smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.








