Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 20,13 so‘mga pastlab, 12 005,09 so‘m bo‘ldi;
- yevro 71,41 so‘mga tushib, 13 898,29 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,80 so‘mga pastlab, 148,56 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi 34,69 so‘mga ko‘tarilib, 12 025,22 so‘m bo‘lgandi. 30-oktyabrda ushbu valyuta kursi 13,94 so‘mga pastlab, 11 990,53 so‘mni tashkil etgandi. Bunday ko‘rsatkich 2023-yil avgustidan beri qayd etilmagandi.








