Daryo

Turkiyada 5 nafar o‘zbekistonlik 61 kilodan ortiq oltin bilan qo‘lga tushdi

Ular oltinni eritib, go‘sht qiymalagichlar ichiga yashirgan. Aeroportda noqonuniy olib o‘tayotganida qo‘lga tushgan.

1 daqiqa o‘qish1 793 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya aeroportida 61 kilodan ortiq oltinni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Haber Turk nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular O‘zbekistondan Istanbul orqali Kappadokiya viloyatining Nevshexir aeroportiga uchib kelgan. Tekshiruv davomida ushbu shaxslarning bagajlaridan 61 kilogramm 121 gramm oltin aniqlangan. Qimmatbaho metall go‘sht qiymalagichlar ichiga ehtiyot qismlar shaklida eritilib joylashtirilgan.

Foto: Haber Turk

Nevshexir viloyati politsiyasining kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari gumondorlar haqida avvaldan ma’lumotga ega bo‘lgan. Aeroportda ularni kutib olish uchun kelgan shaxs ham qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlarning 3 nafari ayollar bo‘lgan. Gumondorlarning barchasi politsiya idorasida so‘roq qilinganidan so‘ng sudga yuborilgan.

Foto: DHA

Oltinlarning bozor qiymati taxminan 350 million turk lirasiga (taxminan 833 ming dollar) teng bo‘lgan.

2025-yilning may oyida Turkiyaning Istanbul shahri aeroportida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch nafar ayolning tanasida yashirilgan 6 kilogramm 28 gramm oltin aniqlanib, musodara qilingandi. 2024-yilning oktyabrida Turkiyada tanasiga oltin yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar ushlangandi. Ular tekshirilganda jinsiy a’zolariga yashirilgan va har biri 110 gramm og‘irlikda bo‘lgan 84 ta oltin quymasi borligi aniqlangandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar