Daryo

Britaniya universitetlari afg’onlarni talabalikka qabul qilishni chekladi

Oliy ta’lim muassasalari buni talabalarning viza ololmayotgani bilan izohlamoqda. Ammo bu o‘zgarishlarga Britaniya hukumatining xalqaro talabalarga viza berish qoidalarini o‘zgartirgani sabab bo‘lishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 851 ko‘rishlar0 izoh0

Britaniyaning bir qator universitetlari Afg‘oniston fuqarolarining talabalikka topshirgan arizalarini qabul qilmayapti yoki ularga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar joriy etmoqda. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

The Times Higher Education’ning hisibotiga ko‘ra, Bornmut va Bakingem universiteti afg‘on talabalarni qabul qilishni to‘xtatgan. Sabab talabalar vizalarining ko‘p hollarda rad etilayotgani va Britaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan nazorat kuchayganidir. Universitet vakillari bu qaror “viza homiyligi talablariga rioya qilish uchun” qabul qilinganini bildirgan.

Nottingem Trent universiteti afg‘onistonlik abituriyentlarni hali ham qabul qilmoqda, biroq ularga qat’iy muddat belgilagan. Sababi — oldingi yillarda viza jarayonining cho‘zilishi tufayli ayrim talabalar semestrni o‘tkazib yuborgan edi.

Hisobotda ayrim universitetlar Bangladesh va Pokiston talabalari uchun ham qabulni cheklagan. Bu o‘zgarishlar Britaniya hukumati xalqaro talabalarga viza berish qoidalarini qat’iylashtirgandan so‘ng kuzatilmoqda.

2025-yil iyun oyigacha bo‘lgan bir yil ichida 8 mingdan ortiq afg‘on fuqarosi Britaniyadan boshpana so‘ragan. Ayniqsa “Tolibon” ayollar ta’limiga katta cheklovlar qo‘yib, ularni bilim olish huquqidan mahrum qilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar