Daryo

“Yil boshidan beri Ukrainaga 770 ta ballistik raketa uchirildi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti 2025-yil davomida mamlakat qancha va qanday zarbalarga uchragani haqida hisobot berdi.

1 daqiqa o‘qish1 867 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya 2025-yil boshidan buyon mamlakatga qariyb 770 ta ballistik raketa va 50 dan ortiq “Kinjal” gipertovushli raketasini uchirganini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Bu tun Rossiya yana Ukrainaga hujum qildi — bu safar o‘nlab dronlar va to‘qqizta ballistik raketa bilan”, deb yozgan Zelenskiy 24-oktyabr kuniga ishora qilib.

Prezidentning ta’kidlashicha, aynan shunday hujumlar sababli Kiyev Patriot havo mudofaasi tizimlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

“So‘nggi kunlarda hamkorlarimiz bilan muhokama qilgan masalalar amalda bajarilishi juda muhim. Hech bir davlat yovuzlikka qarshi yolg‘iz qolmasligi kerak. Biz hamkorlikni davom ettirishimiz zarur. Hamma narsaning ilojini qilsa bo‘ladi — hamkorlarimizda zarur tizimlar bor va ular Ukrainani himoya qilishda hozirdanoq yordam bera oladi”, degan u.

Zelenskiy, shuningdek, AQSH, Yevropa va G7 davlatlarini Rossiya hujumlariga qarshi faolroq choralar ko‘rishga chaqirgan:

“Rossiyaning ballistik raketalari hayotimizga tahdid solmoqda. Kuchli davlatlar birlashib, inson hayotini himoya qilish yo‘lida haqiqiy hamkorlikni namoyon etishi kerak”.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 25-oktyabrga o‘tar kechasi Kiyevning uchta tumani — Dniprovsk, Desnyansk va Darnitsk— raketa hujumlari oqibatida zarar ko‘rgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, yana 12 nafar fuqaro jarohat olgan.

Rossiya tomoni esa o‘z navbatida, Ukraina harbiy-sanoat majmuasi va energetika infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarba berilganini ma’lum qilgan.

“Rossiyada tinch obyektlarga uyushtirilgan terrorchilik hujumlariga javoban, mamlakat Qurolli kuchlari uzoq masofali, yuqori aniqlikdagi qurol va dronlar yordamida Ukraina harbiy-sanoat korxonalari hamda ularning faoliyatini ta’minlaydigan energetika obyektlariga zarba berdi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar