Daryo

Qashqadaryoda soliqdan qarzdorlar avtomobili jarima maydoniga joylashtirilmoqda

Bu kabi tadbirlar viloyatda 7 ming nafar fuqaroning 50 mlrd soʻmlik soliq qarzini undirish uchun amalga oshirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 666 ko‘rishlar0 izoh3

Qashqadaryo viloyatida soliq qarzdorligi mavjud fuqarolarning avtomobillari jarima maydoniga joylashtirilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyat Soliq boshqarmasi

Maʼlum boʻlishicha, ayni kungacha 5 mlrd soʻmdan ortiq qarzi bor 625 nafar fuqaroning transport vositalari jarima maydonlariga olib ketilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Soliq boshqarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashi shartligi belgilangan. Lekin bugungi kunda oʻzlarining konstitutsiyaviy burchlarini bajarmay kelayotgan shaxslar ham uchramoqda. Shu sababli ularning nomida boʻlgan avtotransport vositalari viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda jarima maydonchalariga qoʻyilmoqda, — deydi boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi masʼuli.

​Qoʻshimcha qilinishicha, bu kabi tadbirlar viloyatda 7 ming nafar fuqaroning 50 mlrd soʻmlik soliq qarzini undirish uchun amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan tadbirlar natijasida 498 nafar fuqaroning 3,5 mlrd soʻmlik soliq qarzdorligi undirildi. Ushbu yoʻnalishda tadbirlar davom etmoqda, — deydi masʼullar.​

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar