Daryo

Luvr muzeyida oʻgʻrilik: Napoleonga tegishli taqinchoqlar oʻgʻirlab ketildi

Muzey faoliyati toʻxtatildi, jinoyatchilar qidirilmoqda. Oʻgʻrilar muzeyga ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bino orqali kirgan boʻlishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 759 ko‘rishlar0 izoh17

Parijning Luvr muzeyida 19-oktyabr kuni Napoleonga tegishli qimmatbaho buyumlar oʻgʻirlab ketildi. Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati oʻgʻrilik faktini tasdiqladi.

Xabarlarga koʻra, jinoyatchilar Napoleon va Jozefina bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan to‘qqizta taqinchoqni o‘g‘irlagan. Ular orasida tiaralar, to‘g‘nag‘ichlar va marjonlar ham bor.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:

  • o‘g‘rilar Sena daryosi yaqinidagi xizmat yo‘lagi orqali muzeyga kirgan,
  • skuterlarda A6 avtomagistrali tomon qochib ketgan,
  • zarar miqdori hozircha ma’lum emas.

Muzey faoliyati hodisa sababli toʻxtatilgan, tergov ishlari davom etmoqda. Boshqa eksponatlar, jumladan “Mona Liza” taqdiri haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Le Parisien nashriga ko‘ra, uch nafar o‘g‘ri muzeyga ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bino orqali kirgan. Ular yuk ko‘taruvchi lift orqali Apollon galereyasiga chiqib, derazalarni sindirgan va taqinchoqlarni olib ketgan. Jinoyatning rasmiy tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan, o‘g‘rilar qidirilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar